Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo'lsin.
Payg'ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo'lsin.
"Oila" markazi tadqiqotlari doirasida yana bir xususiyat oilalarning muvaffaqiyatlilik darajasi aniqlandi.
Tadqiqotda Toshkent shahri va viloyatida istiqomat qiluvchi 1 yildan 15 yilgacha turmush qurgan oilalar ishtirok etdilar. Ularga oilaning muvaffaqiyatlilik darajasini aniqlashda
o'z oilalaridagi er-xotin, qaynona-kelin, yaqin qarindoshlar orasidagi shaxslararo munosabatlar, oilaning iqtisodiy ta'minlanganlik darajasi hamda oilada farzandlar
tarbiyasiga nisbatan baholash vazifasi qo'yildi.
Unga ko'ra, 51,6 foizi juftliklar o'z nikohini muvaffaqiyatli deb hisoblashsa, 25,8 foizi birmuncha muvaffaqiyatli, 13,7 foizi muvaffaqiyatsizga yaqinroq va 8,9 foizi muvaffaqiyatsiz deb hisoblamoqdalar.
Bu vaziyat 8,9 foiz oilalarga o'z vaqtida yordam choralari ko'rsatilmasa, ularning oilalari ajrashish ehtimoli yuqoriligini, 13,7 foiz va 25,8 foiz oilalarda muammolar borligini ko'rsatadi.
Bu esa, oila bilan ish olib boruvchi davlat tashkilotlari ogoh bo'lishlarini oilalar bilan ishlashda ajrashishgacha olib boruvchi sabablarni o'z vaqtida aniqlab, birgalikda zarur choralarni ko'rishlarini talab etadi.
Zero, tuzilgan har bir oilaning oila a'zolari tomonidan muvaffaqiyati deb tan olinishi, uning mustahkam va barqaror bo'lishini ta'minlaydi, zamonaviy va namunali oilalar safini yanada ortishiga xizmat qiladi.
oilamarkazi.uz