Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo'lsin.
Payg'ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo'lsin.
Ummu Salama roziyallohu anho aytdilar:
«Alloh taolo arafa kuni dunyo osmoniga tushib, farishtalariga: «Mening roziligim fazlini
talab qilgani sabab sochi to'zigan kishini olib kelinglar. Ey arafa ahli, gunohlaringizni
kechirdim», deb aytadi» («Axbor Makka lil Fokihiy»).
Arafa kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning eng ko'p duolari «Laa ilaaha
illallohu vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu biyadihil xoyru va huva 'ala
kulli shay'in qodir» edi.
«Makka, Ka'ba, Zamzam tarixi,
haj va umra manosiklari» kitobidan.
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo'yicha qo'mitaning 2022 yil 7 sentyabrdagi
03-07/ 6905-raqamli xulosasi asosida tayyorlandi.