05.06.2025
1025

Arafa kuni haqida

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo'lsin.
Payg'ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo'lsin.

Ummu Salama roziyallohu anho aytdilar:
«Alloh taolo arafa kuni dunyo osmoniga tushib, farishtalariga: «Mening roziligim fazlini talab qilgani sabab sochi to'zigan kishini olib kelinglar. Ey arafa ahli, gunohlaringizni kechirdim», deb aytadi» («Axbor Makka lil Fokihiy»).
Arafa kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning eng ko'p duolari «Laa ilaaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu biyadihil xoyru va huva 'ala kulli shay'in qodir» edi.
«Makka, Ka'ba, Zamzam tarixi, haj va umra manosiklari» kitobidan.

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo'yicha qo'mitaning 2022 yil 7 sentyabrdagi 03-07/ 6905-raqamli xulosasi asosida tayyorlandi.

Yangiliklar