«Ashuro» so'zi lug'atda «o'ninchi kun» degan ma'noni bildiradi. Istilohda esa, Muharram
oyining o'ninchi kuniga aytiladi.
Ashuro ro'zasining tarixi
Oisha roziyallohu anhodan
rivoyat qilinadi:
«Ashuro johiliyat davrida Quraysh ro'za tutadigan kun edi. Nabiy
sollallohu alayhi vasallam ham uning ro'zasini tutar edilar. U zot Madinaga kelganlarida
ham uning ro'zasini tutdilar va tutishni buyurdilar. Keyin Ramazon ro'zasi (haqida oyat) nozil
bo'lgach, uni (Ashuro ro'zasini) istaganlar tutib, istamaganlar tutmaydigan bo'ldi».
Buxoriy
rivoyat qilgan.