Mehmondorchilik Ibrohim alayhissalom va barcha anbiyolarning sunnatlaridir.
Mehmon uchun takalluf (ziyofat uchun haddan ziyod urinish) odobimizda man qilingan.
Chaqirilmagan joyga mehmonga borilmaydi.
Mezbon (ziyofat egasi)ning iznisiz chaqirilmagan odamni boshlab borilmaydi.
Mehmon mezbonnikida uch kundan ortiq turmaydi.
Anas ibn Molik: "Mehmon kirmagan uyga farishtalar ham kirmaydi", deganlar.
Odinaxon Muhammad Sodiq