Yoshlik odoblaridan biri oliyjanob axloqlarga ahamiyat berib, ular bilan xulqlanishdir.
Yoshlik odoblaridan biri shaytonning ig'vosidan va noqobil ulfatlardan hazir bo'lishdir.
Yoshlarni ig'voga soladigan shayton malaylaridan yana biri yomon do'stlardir.
Yoshlik odoblaridan biri kelajakka umid bilan qarash va yetuk inson bo'lish uchun harakat
qilishdir.
Ashuro kuni ahliga kenglik qilish.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh solallohu alayhi vasallam: «Kim Ashuro kunida ahli-ayoliga kenglik qilsa,
Alloh taolo unga yilning qolganini keng qiladi», dedilar».
Imom Bayhaqiy «Shuabul iymon» kitobida rivoyat qilgan.
Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Ashuro kuni ahli-ayoliga nafaqada kengchilik
qilsa, Alloh unga yilning qolganini keng qiladi», dedilar.
Imom Roziyn rivoyat qilgan.
Sufyon aytdi: «Biz buni tajriba qilib ko'rdik va ana shunday bo'lishini topdik». Sufyondan
murod Sufyon Savriydir. Chunki muhaddislar istilohida Sufyon mutlaq aytilsa, Sufyon Savriy
nazarda tutilgan bo'ladi. Imom Bayhaqiy ham «Shuabul-iymon»da Abdulloh ibn Mas'ud, Abu
Hurayra, Abu Said va Jobir roziyallohu anhumlardan rivoyat qilgan. Bayhaqiy o'zi rivoyat
qilgan hadisni zaif sanagan.
⛓ https://t.me/muslimaatuz/23622