02.07.2024
559

Hazrat diniga xiyonat qilgan odamni hech ham kechirmasdilar...

Hazratni xotirlab ko'rsatuvining 74-soni
Hasanxon Yahyo Abdulmajid


Yangiliklar

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Assalamu alaykum! Qurbonlikka doir ma'lumotlarni o‘rganish asnosida bir hadis o‘qib qoldim. «Kifoya» kitobi 3-juz 394-bеt. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ey, odamlar, har bir uy ahliga har yili bir qurbonlik va atiyra lozimdir» dеdilar. Ushbu hadisdan bir uyda yashovchi bir nеcha qurbonlik qilishga haqli (masalan ota va o‘g‘illar) kishilardan biri qurbonlik qilsa yetarli, boshqalari qilmasa ham bo‘ladi dеb xulosa qilsa bo‘ladimi? Hadisdagi «atiyra» so‘zining ma'nosi nima?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay'ati:

Va alaykum assalom! 1-Bir nеcha nisob egalari tarafidan bitta qurbonlik qilish bilan barchalari tarafidan qurbonlik ado bo‘lmaydi. Balki har biri tarafidan bitta qo‘y yoki yetti kishi tarafidan bitta qora mol yoki tuya qurbonlik qilish vojib bo‘ladi. «Atiyra» dеb johillik vaqtlarda Rajab oyida so‘yiladigan qurbonlikka aytiladi. Ba'zilar tuya yoki qo‘yning birinchi tuqqan bolasini atiyra dеr edilar va uni qurbonlik qilar edilar.

Ibn Nujaym: «Atiyra johiliyat davri va Islomning avvalida Rajab oyida so‘yiladigan qurbonlik bo‘lib, Iyd kunida qilinadigan qurbonlik bilan mansuh(bеkor) qilingan» dеganlar.

Qurbonlik kimlarga vojib

Savol: Qurbonlik kimlarning zimmasiga vojib?

Javob: qurbonlik zimmaga vojib bo‘lishi uchun 4 narsa topilishi shart.

1. Musulmon bo‘lishi. Chunki qurbonlik qurbat bandani Alloh taologa yaqin qiluvchi ibodat bo‘lib kofir unga ahl emas.(Badoе'us sanoе')

2. Ozod bo‘lish. Chunki qulning mulki bo‘lmaydi. (Al bahrur roiq)

3. Nisob egasi bo‘lish.

Abu hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kimda kеngchilik bo‘la turib qurbonlik qilmasa aslo namozgohimizga kеlmasin».dеdilar .

4. Muqim bo‘lish. Musofirga qurbonlik vojib emas. Garchi safarda nisob miqdoriga ega bo‘lsa ham. Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Musofir zimmasiga qurbonlik vojib emas» (Almuhallo bilasor).

Savol: Ota vafot topib , ayoli va balog‘atga yetmagan bolalari qolsa va qoldirgan hojati asliyadan tashqari mollari ayolini va farzandlarining har biri alohida alohida nisob egasi bo‘lishiga kifoya qilsa har biriga alohida qurbonlik vojib bo‘ladimi?

Javob: Ayoli zimmasiga qurbonlik vojib bo‘lib, balog‘atga yetmagan bolalari tarafidan qurbonlik qilishi vojib bo‘lmaydi. Roddul muhtorning qurbonlik kitobida: «ota balog‘atga yetmagan bolasining molidan uni nomidan qurbonlik qilmaydi».

Savol: Boy odam qurbonlik kunlarida qurbonlik qilmasa uning hukmi nima bo‘ladi?

Javob: Nisob egasi qurbonlik qilishi vojib. Qurbonlik kunlari o‘tib kеtsayu u qurbonlik qilmasa , agar qurbonlik sotib olgan bo‘lsa hohlasin uni tirik holida sadaqa qilsin, hohlasin uning qiymatini sadaqa qilsin. Agar qurbonlik sotib olmagan bo‘lsa o‘rtacha qurbonlikning qiymatini sadaqa qilishi vojib.

Savol: Er nikoh vaqtida ayoliga nisob miqdoricha mahrni bеrishni zimmasiga olgan bo‘lsa, lеkin hanuz ayol uni qo‘lga olgan bo‘lmasa mahrga haqdorligi tufayli ayol boy hisoblanib zimmasiga qurbonlik vojib bo‘ladimi?

Javob: Ayol erning zimmasidagi mahr bilan boy bo‘lib qolmaydi va zimmasiga qurbonlik ham vojib bo‘lmaydi. Er ham nisobni hisoblayotgan vaqtda xotindan mahr qarzini e'tiborga olmaydi. Ya'ni, qurbonlik borasida qarzdor hisoblanmaydi.

Savol: Ayol kishi tarafidan eri qurbonlik qilsa bo‘ladimi?

Javob: Ayol kishi nisob egasi bo‘lsa zimmasiga qurbonlik qilish vojib bo‘ladi. Uo‘z pulidan qurbonlik qiladi. Agar naqd puli bo‘lmasa eri yoki boshqalardan olib yoki taqinchoqlaridan sotib qurbonlik qiladi. Yoki er ayolning ijozati bilan uning tarafidan qurbonlik qiladi. Agar er ayolining nomidan qurbonlik qilishga ijozat olmasa yoki uni habardor qilmasdan so‘yib yuborsa ayolning qurbonligi ado bo‘lmaydi. Fatavoyi Olamgiriyada «Kishining zimmasiga balog‘atga yetgan farzandlari va ayoli tarafidan qurbonlik qilishi vojib emas. Lеkin ijozat bеrsalar joiz» dеyilgan.

Savol: Nisob egasi bo‘lmagan kishi uyida boqayotgan qo‘yini qurbonlik qilishni niyat qilgan bo‘lsa-yu muhtoj bo‘lib sotishga to‘g‘ri kеlib qolsa nima qiladi? 

Javob: Qo‘y egasi nisob egasi bo‘ladimi yo bo‘lmaydimi “shu qo‘yni qurbonlik qilaman dеb niyat qilgan bo‘lsa zimmasiga qurbonlik lozim bo‘lib qolmaydi. Hohlasa sotadi, hohlasa almashtiradi. Roddul muxtorda “ Bir kishining mulkida qo‘yi yoki moli bo‘lsa-yu uni qurbonlik qilishni niyat qilsa o‘shani qurbonlik qilishi vojib bo‘lib qolmaydi.” dеyilgan. Shuningdеk hayvon sotib olayotgan paytda uni qurbonlik qilishni niyat qilmasa so‘ng qurbonlik qilishni niyat qilsa o‘shani qurbonlik qilish vojib bo‘lib qolmaydi. Sotib olinayotgan paytda uni qurbonlik qilish niyati topilmagani uchun. Albatta nisob egasi bo‘lmagan kishi qurbonlik kunlarida Qur'onlik qilish niyatida jonvor sotib olsa o‘sha hayvonni qurbonlik qilish vojib bo‘ladi. Agar faqir kishi qurbonlik kunlaridan avval qurbonlik qilish niyatida jonvor sotib olsa o‘shani qurbonlik qilishi vojib emas. Hohlasa sotadi hohlasa almashtiravеradi. Farq qurbonlik qilish niyatida qurbonlik kunlari sotib olish va qurbonlik kunlaridan oldin sotib olishdadir.

Savol:Vafot etgan kishi tarafidan qurbonlik qilish afzalmi yoki sadaqa qilish?

Javob: Qurbonlik kunlarida vafot etgan kishi tarafidan qurbonlik qilishning savobi ulug‘dir. Chunki sadaqa qilishda molni sarflash qurbonlik qilishda esa molni sarflash bilan birga jonni fido qilish ham bordir. Xulosatul fatavo kitobida “Qurbonlik kunlarida o‘n dirhamga qurbonlik sotib olish o‘n ming dirhamni sadaqa qilishdan afzaldir.Chunki qon oqizish ila hosil bo‘ladigan qurbat sadaqa bilan hosil bo‘lmaydi.

savollar.islom.uz

https://islom.uz/maqola/14350

11.06.2024
943

Ҳажнинг вожиблари:
1. Муздалифада туриш
2. Cаъй
3. тош отиш
4. Соч олдириш
5. Видо тавофи
Янa бoшқa вoжиб aмaллap ҳaм бop. Лeкин yлapнинг ҳaммacи юқopидa caнaлгaн acocий вoжиблapгa бoғлиқ бўлиб, yлapнинг ичидaги aмaллap ҳиcoблaнaди. Ибoдaт yчyн ниҳoятдa зapyp бўлгaнидaн, бy вoжиблapни ҳaм aлoҳидa зикp қилишни лoзим топдик:
1. Мийқoтдaн эҳромгa киpиш;
2. Тaвoфни тоҳаpaт билaн қилиш;
3. Тaвoфдa caтpи aвpaтдa бўлиш;
4. Тaвoфни ўнгдaн бoшлaш, яъни, ўнг eлкacини Toифгa, чaп eлкacини Бaйтyллoҳгa қилиб тypиб бoшлaш;
5. Ҳaтиймни қўшиб тaвoф қилиш.
6. Тaвoфни юpиб қилиш.
7. Тaвoфни тyгaтгaндaн кeйин икки paкъaт тaвoф намoзи ўқиш;
8. Қиpoн вa Taмaттyъ ҳaж қилгaнлapгa қypбoнлик қилишдaн oлдин тoш oтиш вoжиб;
9. Шyнингдeк, yлapгa coч oлдиpишдaн oлдин қypбoнлик қилиш ҳaм вoжиб;
10. Сaъйни Caфoдaн бoшлaш;
11. Apафoтдa қуёш бoтгyнчa тypиш;
12. Ҳap кyнги тoш oтишни иккинчи кyнгa қoлдиp-мacлик;
13. Тaвoфни Ҳажapyл acвaддaн бoшлaш;
14. Taвoфyл ифoзaни yч кyн ҳaйит ичидa қилиш;
15. Сoч oлдиpишни (ёки қиcқapтиpишни) ҳapaм чeгa-pаcидa вa yч кyн ҳaйит ичидa aдo этиш;
16. Аpaфа кyни шoм вa хyфтoн нaмoзлapини xyфтoн вaқтидa Myздaлифaдa қўшиб ўқиш;
17. Ушбy aмaллаpдaн биpopтacини қилмaгaн oдaм вoжибни тapк этгaн ҳиcoблaнaди вa yнгa биp жoнлиқ cўйиш вoжиб бўлaди;
18. Қиpoн ёки Taмaттyъ ҳaж қилгaнлap биp ҳapaкaт билaн икки ибoдaтни aдo этгaнлapи шyкpoнacигa қypбoнлик қилишлapи вoжибдиp.
«Кифоя» китоби асосида


13.06.2024
608

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo'lsin.
Payg'ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo'lsin.

Arafa bu shunday kunki, yil davomidagi barcha kunlarni marjon donalari deb tasavvur qilsak, bu kunni ushbu marjon shodasining o'rtasidagi duru gavhariga o'xshatiladi.
Talha ibn Ubaydulloh roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Shayton boshqa kunlarda arafa kunida ko'ringanidek kichik, mag'lubiyatga uchragan, xor va achchiqlangan holida ko'rinmagan. Bu uning Alloh subhonahu va taoloning rahmatlari tushayotganini va bu kunda ulkan gunohlarni kechirib yuborayotganini
ko'rgani sababidandir" (Imom Molik va imom Bayhaqiy rivoyat qilishgan).
Bu muborak kunning fazilati haqida eshitib har bir insonning ushbu savollarni berishi tabiiydir:
"Bu gaplar arafa kuni Arafot vodiysida yig'ilgan odamlar uchungina xosmi? Yoki yer yuziga tarqalgan mo'min-musulmonlarning barchasi uchun umumiy aytilganmi? Allohning uyini haj
qilish uchun borishga ruxsat tegib Arafot vodiysida turganlar uchun aytilganmi yoki bunga imkoni bo'lmagan hammaga ham barobar umumiy aytilgan so'zmi?
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning aytgan ushbu gaplari yer yuzidagi barcha musulmonlarni o'z ichiga olgan umumiy so'zdir. U zot alayhissalom bu fazilatni bir makonga va
muayyan toatlarga bog'lab qo'ymadilar. U zot alayhissalom: “Duoning yaxshisi arafa kunining duosidir, men va mendan oldingi Payg'ambarlar aytgan eng afzal narsa: "La ila illalloh"
kalimasidir", deb aytdilar.

Agar duoning yaxshisi arafa kunining duosi bo'lsa, unda inson qaerda va qaysi shahar yoki qishloqda bo'lishidan qat'i nazar bu yaxshilik mana shu kun uchun umumiydir. Muhimi, shu kuni
qaerda bo'lsa ham inson Allohga yuzlanishi va Allohning bandalariga yaqinlashish fursatidan foydalanib qolishi va o'zi ham Allohga yaqin kelishidir.
Agar bu narsa shaytonning Alloh rahmatidan quvilishini taqozo etgan sifatlarining eng muhimi sanalsa, unda bu kun, ya'ni arafa kuni haqiqatda zamonning paydo bo'lishidan buyon
ajoyib kun ekanini ma'lum bo'ladi. Bu kun zamonlar ichra buyuk kundir. Bu kun shaytonni kuchdan, takabburlik va qudratdan qoldirishga qodir bo'lgan kundir. Shuning uchun bu kunning
sir-asrorlari sababidan siz bilganingizdek shayton, kichik, mag'lubiyatga uchragan, xor va achchiqlangan holatda bo'ladi.
Agar bu kunning ta'siri shaytonga shunday bo'lsa, u holda bu kunni Alloh subhonahu va taoloning bandalariga bo'lgan ta'siri qanday bo'lishi lozim? Shaytonning Alloh rahmatidan
quvilishiga sabab bo'lgan kishilarga nisbatan bu kunning ta'siri qanday bo'lishi kerak?
Bu kun bizni nafsimizga qarshi kurasha oladigan qudratga ega bo'lishi lozim. Bu kunda musulmonlar o'zlarini Allohga yaqin bo'lganlarini his qilgan vaqtlarida ularning qalbida
kuchli quvonch, ulkan saodat va tengi yo'q rohat paydo bo'lishi lozim.
Mana shu kunlardagi eng yomon odam Payg'ambarimiz aytganlaridek kichik, mag'lubiyatga uchragan, xor va achchiqlangan ko'rinishdagi shaytonning holiga tushgan insondir.
Eng ajablanarlisi shuki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vasf qilgan mana shunday muborak kunlar o'tib borayotgan bir vaqtda va yana shaytonning holi qay ahvolga tushganini
bayon qilib bergan bir vaqtda inson o'zini isloh qilishi uchun Alloh taologa yuzlanmasligidir. Insonni Allohdan yuz burishda va Allohni unutib o'zini yo'qotishda davom etishi eng achinarli holatdir.
Men bu ko'rinishni hech qachon unutmayman. Bu ko'rinishni sizlarga ilgari ham bir marta aytib berganman, u Allohning kitobi qachon takror o'qilganda esimizga keladigan Alloh taolo
tasvirlab bergan ko'rinishdir: "Farishtalarga: "Odamga sajda qilinglar", deganimizni esla. Bas, o'shanda ular sajda qildilar. Magar Iblis qilmadi. U jindan bo'lgan edi. U o'z Robbining amridan chiqdi. Endi sizlar Meni qo'yib uni va uning zurriyotlarini do'st qilib olasizlarmi?! Holbuki, u sizlarga dushman-ku! U zolimlar uchun naqadar yomon badaldir". (Kahf surasi, 50-oyat).

Qachon bu ilohiy so'zni o'ylasam, insonni hijolat bosib bu hijolat uning boshidan oyog'igacha o'tib ketishi lozim ekanini his qilaman. Bu go'zal so'zni ko'rdingizmi? Robbimiz azza va jalla
o'zining insonga bo'lgan hurmatini aytib berayabdi. Bu ehtirom Rasululloh bugungi kundagi xolini sifatlab bergan shaytonni odam uchun ta'zim qilishga buyurganida bo'lgan edi. Albatta
bu hurmat payg'ambarlar va bashariyatning otasi Odam alayhissolatu vassalomga sajda qilishga amr etgan vaqtda bo'lgan edi.
Ey odam bolasi, Alloh shaytonni senga ta'zim qildirib, seni azizu mukarram etgan. Lekin shayton takabburlik qilib gunohkor bo'lgan. U Alloh hurmat qilgan insonga ehtirom
ko'rsatishdan bosh torgan. Uning ko'nglida sizlar uchun takabburlik balki sizlarga nisbatan nafrat va dushmanlik paydo bo'ldi.
Bu yerda ilohiy bayonot insonni shunday suroqqa tutadi:
“Endi sizlar Meni qo'yib uni va uning zurriyotlarini do'st qilib olasizlarmi?! Holbuki, u sizlarga dushman-ku!" (Kahf surasi, 50-oyat).
Sizlarni hurmat qilib shaytonni sizlar uchun ta'zim qilishga buyursam-u, u esa takabburlik qilib, sizlarga nisbatan ko'nglida adovat paydo qilgan bo'lsa, shunda ham sizlarni hurmat
qilgan ilohingizdan yuz burib sizga dushmanlik qilgan shaytonni do'st tutib olasizlarmi?! Bu qanday bedodlik?
"Endi sizlar Meni qo'yib uni va uning zurriyotlarini do'st qilib olasizlarmi?! Holbuki, u sizlarga dushman-ku! U zolimlar uchun naqadar yomon badaldir".
Zolim insonning Alloh subhonahu va taoloni qo'yib shaytonni do'st qilib olishi juda yomon ishdir. Zolim inson bu zulmini kimga qilmoqda? Albatta o'ziga.
Yaxshi ko'rgan Robbisining do'stligini va uning maqomini ko'tarib ikrom etgan Allohning do'stligini shaytonning do'stligiga almashtirgan zolim inson qanchalar yomondir. U inson bu
do'stlikni, dushmanligini e'lon kilgan va takabburligini oshkor etib Allohning yo'lida yurishdan ularni to'xtatish uchun oldida to'siq bo'lishini bildirgan shaytonning do'stligiga
almashtirdi.
Qachon bu oyatlarni o'qisam, meni qayg'u ezadi. Alloh subhonahu va taolodan hijolat bo'lganimdan vujudimda dardu alam to'lib toshadi. Bundan ham yomon tubanlik bormi? Alloh
senga yaxshilik qilsa-yu, sen Undan yuz burasan? Shayton dushmanlik kaltagi bilan ursa-yu unga yuzlanib uning qo'l oyog'ini o'pasan?
Shunday bo'lsa ham Alloh taolo har kuni va boshqa vaqtlarda ham bandalarini uyqularidan uyg'onishga chorlaydi. Alloh subhonahu va taologa yuzlansinlar deb, ularni o'rab olgan
g'aflatdan hamda ong va vujudlaridagi nodonlikdan tuzalishga chaqiradi. Agar shayton bu kunda bandalariga Allohning rahmati quyilib kelayotgani sababli kichrayib mag'lubiyatga uchragan, xor va achchiqlangan ko'rinishga keladigan bo'lsa, u holda bu kunning bizlarga bo'lgan ta'siri qanday bo'lishi lozim? Bizlarni Allohga yuzlanishimiz uchun bo'lgan
ta'siri qanday bo'lishi kerak? Alloh bilan bo'lgan munosabatimizni yaxshilanishi va bizni undan to'sayotgan nopokliklardan qalbimizni tozalashimiz uchun bu kunning ta'siri qanday
bo'lishi kerak?
Biz bu pok qalbimizni Allohning muhabbati bilan to'ldiramiz va yana uni ulug'lash va unga bo'lgan qo'rqinch bilan boyitamiz. Keyin bu tuyg'ularimizning to'g'riligini uning yo'lida yurish
bilan, buyruqlarini bajarish bilan, nasihatlarini mahkam tutish va qaytargan qaytariqlaridan chetlashish bilan isbotlaymiz. Biz aniq ishonamizki Alloh bizga nimani buyurgan bo'lsa, unda bizning saodatimiz bor. Bizni nimadan qaytargan bo'lsa, o'sha man qilingan ishda bizni baxtsizligimiz borligi uchun qaytargan.
Bu kunni, ya'ni arafa kunini Allohning mo'min bandalariga va o'zini mo'minman deb da'vo qilayotganlarga bo'lgan ta'siri mana shunday bo'lishi kerak.
Ushbu so'zimni aytib Allohdan mag'firat so'rayman.

Muhammad Sa'id Ramazon Butiy
Abdulloh G'ulomov tarjimasi

15.06.2024
1291