Soliha Erdim
Ashuro kuni ahliga kenglik qilish.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh solallohu alayhi vasallam: «Kim Ashuro kunida ahli-ayoliga kenglik qilsa,
Alloh taolo unga yilning qolganini keng qiladi», dedilar».
Imom Bayhaqiy «Shuabul iymon» kitobida rivoyat qilgan.
Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Ashuro kuni ahli-ayoliga nafaqada kengchilik
qilsa, Alloh unga yilning qolganini keng qiladi», dedilar.
Imom Roziyn rivoyat qilgan.
Sufyon aytdi: «Biz buni tajriba qilib ko'rdik va ana shunday bo'lishini topdik». Sufyondan
murod Sufyon Savriydir. Chunki muhaddislar istilohida Sufyon mutlaq aytilsa, Sufyon Savriy
nazarda tutilgan bo'ladi. Imom Bayhaqiy ham «Shuabul-iymon»da Abdulloh ibn Mas'ud, Abu
Hurayra, Abu Said va Jobir roziyallohu anhumlardan rivoyat qilgan. Bayhaqiy o'zi rivoyat
qilgan hadisni zaif sanagan.
⛓ https://t.me/muslimaatuz/23622